Jurnal haqida

      

“Markaziy Osiyoda media va kommunikatsiyalar xalqaro ilmiy jurnali” – Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (Toshkent sh.) qoshida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan taʼsis etilgan maxsus ruxsatnomaga ega jurnal 2018 yil 24 may PQ-3737 “Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini ochish to‘g‘risida”: https://uzjoku.uz

“Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida”gi guvohnoma 2023-yil 26-maydagi 084721-son.

P-ISSN — 3030-3265

E-ISSN — 3030-3354

Jurnal o'zbek, rus va ingliz tillarida bosma va elektron shaklda chop etiladi.

Maqolalar mavzusi va yo‘nalishi

Tahririyat mediaindustriya sohasi bilan bevosita bog'liq, dolzarb ahamiyatga ega, keng ko'lamli masalalar bo'yicha ilmiy maqolalarni (tadqiqotlarni) chop etishga qabul qiladi:

  • jurnalistika va OAV tarixi;
  • senzura tarixi;
  • OAV sohasida huquq tarixi va jurnalistikaning zamonaviy huquqiy asoslari:  jahon miqyosida va milliy chegaralarda;
  • jurnalist etikasi;
  • mass-medianing turlari va tipik xilma-xilligi: bosma, radio, televidenie, onlayn-media;
  • jurnalistikaning janr xilma-xilligi;
  • konvergensiya, multimediyalashtirish va multiplatforma trendlari;
  • universal jurnalistika va kross-media;
  • Jurnalistik material ustida muharrir ishi;
  • media loyihalarni boshqarish va OAV menejmenti;
  • auditoriyani tadqiq qilish;
  • OAVlarda media rejalashtirish, mediamarketing, PR va reklama.

Fakultativ: teatr, kino, kitob nashriyoti, muzey ishi.

Nashrlar mazmuni Markaziy Osiyo mintaqasi bilan bog‘liq mavzular bilan cheklanib qolmaydi, balki dunyoning istalgan mintaqasidagi ommaviy axborot vositalari sohasi muammolari bo‘yicha tadqiqot natijalarini ifodalashi mumkin.

Nashrlar hajmi, tuzilishi va dizayni haqida batafsil ma'lumot "Mualliflar uchun" bo'limida keltirilgan.

Mazmuniy tarkibi

Chop etiladigan har bir maqola muayyan ilmiy tadqiqot natijasi hisoblanadi, shu bois  ilmiy maqola tarkibi quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi kerak:

  • kirish va gipoteza;
  • usullar va manbalar;
  • ilmiy tadqiqot natijasi va muhokama;
  •  

Xalqaro IMRAD talablariga muvofiq statistik dinamika va so'rov natijalari grafik tasvirlarda (jadval, chizma, dinamika, so‘rovnoma ko‘rinishida) aks ettirilsin.

Nashrlar mazmuni nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi bilan bog‘liq mavzular, balki dunyoning istalgan mintaqasidagi ommaviy axborot vositalari sohasi muammolari bo‘yicha tadqiqot natijalarini ifodalashi mumkin.

Nashrlar hajmi, tuzilishi va dizayni haqida batafsil ma'lumot "Mualliflar uchun" bo'limida keltirilgan.