SAYOHATNOMA JANRIDA JADID TAFAKKURI VA MILLIY TARAQQIYOT MASALALARI
Nashr qilingan 2026-09-23
Kalit so‘zlar
- jadid publitsistikasi,
- Mahmudxo‘ja Behbudiy,
- safarnoma,
- yo‘l ocherki,
- jadidchilik
- Nushiravon Yovushev,
- Abdulla Avloniy,
- qiyosiy tasvir ...Ko'proq
Iqtibos keltirish uchun
Izoh
Maqolada XX asr boshlaridagi jadid publitsistikasida sayohatnoma janrining shakllanishi hamda uning milliy uyg‘onish g‘oyalarini ifodalashdagi o‘rni tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi jadid safarnomalarining janriy-publitsistik xususiyatlarini aniqlash, ularda ma’rifatparvarlik, ijtimoiy islohot va milliy taraqqiyot masalalarining yoritilish tamoyillarini ochib berishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tarixiy-qiyosiy, janriy-tipologik va kontekstual tahlil metodlaridan foydalanildi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Sayohat xotiralari”, Nushiravon Yovushevning “Sayohat parchalari”, Abdulla Avloniyning “O‘z shahrimga sayohat” va “Afg‘on sayohati” asarlari tadqiqot obyekti sifatida olindi. Mazkur asarlardagi safar taassurotlari, makon tasviri, qiyosiy kuzatuv, ijtimoiy tanqid, mualliflik bahosi va ma’rifiy xulosalarning publitsistik tabiati tadqiqot predmetini tashkil etdi. Tahlil natijasida jadid safarnomalarida makon tasviri millatning maorifi, matbuoti, iqtisodiy faolligi va siyosiy holatini baholash mezoniga aylangani aniqlandi. Sayohatnoma jadidlar uchun boshqa xalqlar tajribasini o‘rganish, Turkiston voqeligini tanqidiy anglash va jamoatchilikni islohotlarga safarbar etishning samarali publitsistik vositasi bo‘lgani asoslandi. Fakt, taassurot, qiyosiy tahlil, mualliflik munosabati va ijtimoiy xulosaning o‘zaro uyg‘unligi o‘zbek yo‘l ocherkining shakllanishi hamda keyingi taraqqiyotiga muhim asos yaratgani haqidagi xulosaga kelindi.
Bibliografik manbalar
- Avloniy, A. (2006). Tanlangan asarlar. Ma’naviyat.
- Baldauf, I. (2001). XX asr o‘zbek adabiyotiga chizgilar. Ma’naviyat.
- Behbudiy, M. (1999). Tanlangan asarlar. Ma’naviyat.
- Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar. (1926). SSSR xalqlari nashriyoti.
- Do‘stqorayev, B. (2009). O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi (1-qism: 1870-1917-yil noyabr). G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
- Hasanov, H. (1981). Sayyoh olimlar. O‘zbekiston.
- Jamolova, D. M. (2016). XX asr boshlarida Turkiston va Buxoro maorif tizimining isloh etilishida tatar publitsistlarining roli (Nushiravon Yovushev misolida). Tarixiy xotira – ma’naviyat asosi respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari – IX. Buxoro nashriyoti.
- Livingston, D. (1955). Puteshestviya i issledovaniya v Yuzhnoy Afrike s 1840 po 1855 g. Geografgiz.
- MacCannell, D. (1976). The tourist: A new theory of the leisure class. Schocken Books.
- Qosimov, B. (2002). Milliy uyg‘onish. Ma’naviyat.
- Yovushev, N. (1914a, April 22). Sayohat parchalari (Namangandan). Sadoi Turkiston, (4).
- Yovushev, N. (1914b, July 1). Sayohat parchalari. Sadoi Turkiston, (23).
