Nomeri 12 (2026): Markaziy Osiyoda media va kommunikatsiyalar Xalqaro ilmiy jurnali
Maqolalar

IBN FARHATNING “AL-FAṢL AL-MAʿQŪD FĪ MAʿĀNĪ ʿAWĀMIL AL-IʿRĀB” TRAKTATI ARAB GRAMMATIK AN’ANASI TARIXIDA: TUZILISHI, METODOLOGIYASI VA DIDAKTIK YO‘NALISHI

Muxlisabonu Ishanxanova
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Nashr qilingan 2026-03-18

Kalit so‘zlar

  • Аrab tili grammatikasi,
  • yordamchi so‘zlar,
  • arab qo‘lyozma an’anasi,
  • Arab uyg‘onish davri

Izoh

Ushbu tadqiqotning maqsadi XVII–XVIII asrlarda yashagan arab olimi Ibn Farhаtning lisoniy merosini, xususan, uning “al-Faṣl al-maʿqūd fī maʿānī ʿawāmil al-iʿrāb” risolasini tahlil qilish va uning arab grammatik tafakkuri tarixidagi o‘rnini aniqlashdan iborat. Ishning metodologiyasi qiyosiy-tarixiy va tavsifiy tahlil usullariga asoslangan. Tadqiqot jarayonida Isroil Milliy kutubxonasi va Emaanlibrary onlayn kutubxonasida saqlanayotgan XVIII asrga oid ikkita qo‘lyozma nusxasi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Ibn Farhаtning asari klassik naḥw an’anasi va yangi didaktik yondashuvlarning o‘ziga xos sintezidir. Jurjoniyning qisqa risolalaridan farqli o‘laroq, muallif boshqaruv omillari (awāmil)ning semantik va mantiqiy talqiniga e’tibor qaratgan hamda ma’lumotlarni izlash qulay bo‘lishi uchun qat’iy alifbo tartibidan foydalangan. Aniqlanishicha, Ibn Farhаt Ibn Hishom kabi olimlar nufuziga tayangan holda, murakkab grammatik tushunchalarni keng kitobxonlar ommasi uchun moslashtirgan, bayonning amaliy va aniq bo‘lishiga intilgan. Xulosalar ushbu risolaning klassik filologiya va arab uyg‘onish davri (Nahḍa) o‘rtasidagi intellektual ko‘prik sifatidagi rolini tasdiqlaydi. Ish xristian arab olimlarining an’anaviy islom muassasalaridan tashqarida ham klassik arab tili sofligini saqlash va tilshunoslik fanini rivojlantirishdagi faol ishtirokini isbotlaydi. Ibn Farhаt risolasi grammatikani ratsionalizatsiya qilish va XIX asrdagi lisoniy islohotlar uchun zamin yaratishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qilgan.

Bibliografik manbalar

  1. Галиметдинова, О. В. (2022). Герман Фархат (1670–1732), маронитский архиепископ: жизнь и избранные труды // Вестник ПСТГУ. Серия III: Филология. 73. 9-28.
  2. Гиргас, В. Ф. (1873). Очерк грамматической системы арабов. Санкт-Петербург: Типография Императорской академии наук. 307 с.
  3. Крымский, А. Е. (1971). История новой арабской литературы. Москва: Наука. 792 с.
  4. Сарабьев, А.В. (2011). Герман Фархат. Православная энциклопедия. Электронный ресурс: https://www.pravenc.ru/text/164823.html. Дата обращения: 10.01.2026.
  5. Сериков, Н. И. 2020. Маронитский писатель Гавриил Герман Фархат (1670–1732) и его попытки включения сочинений христианских арабских авторов в «виртуальный каталог» арабской мусульманской литературы. Москва. Ориенталистика. № 1. 143–159.
  6. Сибавайхи, Абу Башир ʿАмр. 2018. Китаб. Введение (главы 1–7): Перевод и комментарии. Москва. ИД ВКН. 143 c.
  7. Badawi, M.; Carter, M. (2011). Modern written Arabic: A comprehensive grammar. London: Routledge. 909 р.
  8. Balkhair, A. 2022. Some issues of Arabic grammar according to ʿAbd al-Qāhir al-Jurjānī. Jordanian Journal of Arabic Language and Literature. Vol. 18. № 1. 187–228.
  9. Burini, A. A. A. (2020). Al-Malaqi grammatical opinions in Mughni al-Labib’s Book: A linguistic descriptive study. Arab Journal for Sciences and Research Publishing. Vol. 6. № 2. 33–47.
  10. Marsyanti, S. M. N.; Nengsih, S. M.; Hamzah. (2026). Al-ʿawāmil al-naḥwiyyah: Theory, debates, and modern critiques of the concept of ʿāmil (العامل والمعمول). Multidisciplinary Indonesian Center Journal (MICJO). Vol. 3. № 1. 830–845.
  11. Mahdi, M. H. (2025). A study of Ibn Hisham’s grammatical criticism through Mughni al-Labib. The Peerian Journal. № 45. 68–83.
  12. Owens, J. (2006). The foundations of grammar in Classical Arabic. Cambridge. Cambridge University Press. 371 p.
  13. Taha, I. (2021). Al-iʿrāb min manẓūr sīmiyāʾī: Tafaʿulāt al-makān wa-al-makāna. Al-Karmil: Studies in Arabic Language and Literature. № 42. 5–48.
  14. Talili, H.; Hamdan, S. (2025). Preferential thinking according to Ibn Hisham through his book Mughni al-Labib. El Omda in Linguistics and Discourse Analysis. Vol. 9. № 2. 260–271.
  15. Versteegh, K. (1997). Arabic grammar and linguistics: A historical overview. London. Routledge. 416 p.
  16. Versteegh, K. (2014). The Arabic language. Edinburgh. Edinburgh University Press. 400 p.
  17. Wright, W. (1896). A grammar of the Arabic language. Cambridge. Cambridge University Press. 317 p.
  18. Zahir, A.A. (2025). The method of Abu Ali al-Farisi in presenting and addressing grammatical content. Lark. Vol. 17. № 3. 837–860.
  19. Al-Jurjānī, ʿAbd al-Qāhir. (1987). Al-ʿAwāmil al-miʾah an-naḥwiyya fī uṣūl ʿilm al-ʿArabiyya. Bayrūt. Dār al-Kutub al-ʿIlmiyya. 112 s.
  20. Farhāt, Ibn . (1730). Hāza al-faṣl al-maʿqūd fī ʿawāmil al-iʿrāb (Рукопись Инв. № 25). Национальная библиотека Израиля. Электронный ресурс: https://www.nli.org.il/en/manuscripts/NNL_ALEPH990034844130205171 Дата обращения: 17.01.2026
  21. Farhāt, Ibn. (1730). Hāza al-faṣl al-maʿqūd fī ʿawāmil al-iʿrāb (Рукопись Инв. № 34). Emaan Library. Электронный ресурс: https://www.emaanlibrary.com/book Дата обращения: 17.01.2026
  22. Hishām, Ibn. (1998). Mughni al-Labīb ʿan Kutub al-ʿĀrīb. Bayrūt: Dār al-Kutub al-ʿIlmiyya. 293 p.
  23. al-Sāʾigh, Niqūlās. Электронный ресурс: https://app.alreq.com/ar/Authors/Author/4af4676b-1c24-41f0-1297-08d7902f2e13 Дата обращения: 17.01.2026